Скачать Raddiya в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Raddiya

 

 

2015-yil 16-iyul kuni “Daryo” nashrida “Namanganda militsiya xodimi pora olayotganda qo‘lga olindi” sarlavhali haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotga ega xabar e’lon qilingan.

Xabarda Namangan viloyati Uychi tumani Ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori pora olayotgan vaqtida Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingani ma’lum qilingan.

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasidan “Daryo” tahririyatida kelib tushgan maktubda aytilishicha, xabarda yoritilgan holatga o‘xshash voqea 2014-yil may oyida Uychi tumanida sodir bo‘lgan. Ushbu holat bo‘yicha Uychi tuman prokuraturasi tomonidan 2014-yil 19-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 2014-yil 26-avgustda jinoyat ishlari bo‘yicha Chortoq tuman sudida sobiq xodim tovlamachilik jinoyatini sodir etganligi o‘z tasdig‘ini topib, 165-modda 1-qismiga asosan jazo tayinlangan. Ayblov xulosasida, sud hukmida va boshqa biror manbada “pora” degan so‘z ishlatilmagan, deyiladi Namangan IIB maktubida.

Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda “Namanganda militsiya xodimi pora olayotganda qo‘lga olindi” sarlavhali xabarga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

“Daryo” tahririyati yo‘l qo‘yilgan noaniqliklar uchun Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasidan uzr so‘raydi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно







Метки: Raddiya

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.