» » Toshkentda “Paxtakor-79” jamoasi a’zolari xotirlandi

Скачать Toshkentda “Paxtakor-79” jamoasi a’zolari xotirlandi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Toshkentda “Paxtakor-79” jamoasi a’zolari xotirlandi

 

 

Toshkentda 11-avgust, seshanba kuni “Paxtakor” klubining 1979-yilgi aviahalokatda hayotdan ko‘z yumgan a’zolarini xotirlash tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda “Championat.asia” xabar bermoqda.

Foto: championat.asia

Dastlab “Paxtakor” stadionidagi yodgorlik oldida jamoaning aksariyat a’zolari oilasi va yaqinlari, murabbiy va mutaxassislar, muxlislar, klublar, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi va Professional futbol ligasi vakillari, ayni paytda Oliy Liga klublarida to‘p surayotgan futbolchilar jam bo‘lishdi.

Foto: championat.asia

Mirzahakim To‘xtamirzayev, Salim Eshmuhammedov va Murod Aliyev o‘sha jamoa haqida o‘z fikrlari va xotiralarini so‘zlab berdi. Keyin barcha Botkin qabristoniga yo‘l oldi.

Foto: championat.asia

U yerda esa O‘FF Faxriylar kengashi raisi Narimon Jalolov, To‘lagan Isoqov va Alla Tazetdinova jamoa to‘g‘risida o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. Shundan so‘ng marhum futbolchilarning qabrlariga gullar qo‘yildi.

Foto: championat.asia

“11-avgustda, kun davomida “Paxtakor-79” xotirasiga bag‘ishlangan bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi”, — deyiladi xabarda.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.