» » O‘zbekistonda yo‘llarga qo‘yiladigan kameralar qonuniylashtirildi

Скачать O‘zbekistonda yo‘llarga qo‘yiladigan kameralar qonuniylashtirildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekistonda yo‘llarga qo‘yiladigan kameralar qonuniylashtirildi

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kiritilayotgan yangi o‘zgartishlar 2015-yil 10-avgust kuni Prezident Islom Karimov tomonidan imzolandi va 11-avgustdan kuchga kirdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

O‘zbekistonda yo‘llarga qo‘yiladigan kameralar qonuniylashtirildi

 

 

O‘zgartishlar 2015-yil 29-iyul kuni Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 6-avgust kuni Senat tomonidan tasdiqlangan.

Kodeksga qo‘shilgan yangi 17¹-moddaga binoan, yo‘l harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan texnik vositalar yordamida foto yoki videokuzatuv orqali qayd etilganida javobgarlik transport vositasi egasiga yuklanadi. Qarorga berilgan shikoyatni ko‘rib chiqish vaqtida qoidabuzarlik sodir etilganda avtomobilni boshqarayotgan shaxs aniqlansa yoki transport o‘g‘irlangani ma’lum bo‘lsa, transport vositasi egasi javobgarlikdan ozod etiladi. Tizim yuridik shaxsga tegishli transport vositasida yo‘l harakati qoidasi buzilganini qayd etsa, ma’muriy javobgarlik ushbu transport vositasidan foydalanish uchun mas’ul shaxsga yuklanadi.

283-moddaga kiritilgan qo‘shimchaga binoan, qoidabuzarlik foto yoki videofiksatsiya orqali qayd etilganda bayonnoma tuzilmaydi. Yangi 309¹-moddaga ko‘ra, jarima solish to‘g‘risidagi qaror qoidabuzarning ishtirokisiz yozilib, uni tuzgan mas’ul shaxsning elektron imzosi bilan yuridik kuchga ega elektron hujjat ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Hujjatning qog‘oz nusxasi uch kun ichida buyurtma pochta jo‘natmasi orqali qoidabuzarga jo‘natiladi.

332-moddaga kiritilgan qo‘shimchaga binoan, qoidabuzarlik uchun jarima 60 kundan kech bo‘lmagan muddatda to‘lanishi lozim. Bu yuzadan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda, shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to‘g‘risida xabar qilinganidan 30 kundan kech bo‘lmagan vaqtda to‘lanishi zarur.

Shuningdek, ma’muriy jazo qo‘llanilishi tartibiga ham o‘zgartish kiritildi. Endi ma’muriy jazo qoidabuzarlik sodir etilgan vaqtdan boshlab bir yildan kech bo‘lmagan muddatda qo‘llanilishi mumkinligi belgilandi — avval bu muddat ikki oyga teng edi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.