» » Rossiyada dollar kursi 63 rubldan oshdi

Rossiyada dollar kursi 63 rubldan oshdi

Moskva birjasidagi savdolarning ochilishida dollarning kursi 48 kopeykaga oshib, 63,29 rublga yetdi. Bu haqda “Finam” kompaniyasi mutaxassislari ma’lum qildi.

Rossiyada dollar kursi 63 rubldan oshdi

 

Yevro esa 29 kopeykaga oshib, 69,5 rublga yetdi. Rossiya pul birligining qadrsizlanishi neft narxining pasayishi bilan bog‘liq. Brent markasining barreli London birjasida 50,09 dollarga sotilmoqda. Bu esa avvalgi kun qiymatidan 0,6 foizga pastroqdir.

 


Manba: daryo.uz









Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.