» » O‘zbekiston U-19 Balcom BMW Cup turnirining ikkinchi uchrashuvida Yaponiyani mag‘lub etdi

Скачать O‘zbekiston U-19 Balcom BMW Cup turnirining ikkinchi uchrashuvida Yaponiyani mag‘lub etdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekiston U-19 Balcom BMW Cup turnirining ikkinchi uchrashuvida Yaponiyani mag‘lub etdi

O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Yaponiyadagi Balcom BMW xalqaro turniridagi ikkinchi o‘yinda Yaponiya yoshlar terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston U-19 Balcom BMW Cup turnirining ikkinchi uchrashuvida Yaponiyani mag‘lub etdi

 

Yaponiyaning Xirosima shahrida davom etayotgan Balcom BMW Cup xalqaro turniridagi ikkinchi uchrashuvda Jasur Abduraimov boshchiligidagi terma jamoa Yaponiya yoshlariga qarshi maydonga tushdi. O‘yinning 48-daqiqasida Jasur Yaxshiboyev tomonidan kiritilgan yagona gol O‘zbekiston yoshlariga g‘alaba keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi musobaqaning ilk turida Polsha yoshlar terma jamoasini penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lub etgan edi. Yaponiya yoshlari esa Xirosimani 2:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Ikkinchi tur bahslaridan so‘ng O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi o‘z ochkolarini 5 taga yetkazib oldi va peshqadamga aylandi. Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi terma jamoa musobaqaning so‘nggi turida 13-avgust kuni Xirosima shahri yoshlar terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi.

Balcom BMW Cup xalqaro turniri.
11-avgust. Xirosima, Yaponiya.
O‘zbekiston — Yaponiya 1:0
Gol: Jasur Yaxshiboyev (48).
O‘zbekiston: Umid Hamroyev, Islom Qobilov, Xushnud Avilov, Tursunboy Rahimberdiyev, Azizjon G‘aniyev, Nurillo To‘xtasinov, Sharof Muhiddinov, Doston Ibragimov, Sanjar Qodirqulov, Husniddin G‘ofurov, Behzod G‘anijonov.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.