» » O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotishning yangi asosi kiritildi

Скачать O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotishning yangi asosi kiritildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotishning yangi asosi kiritildi

2015-yil 10-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov imzolagan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun asosida “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunga fuqarolikni yo‘qotish bilan bog‘liq yangi asos kiritildi, deb xabar beradi “Xushnudbek.uz”.

 

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotishning yangi asosi kiritildi

 

Unga ko‘ra, agar shaxs xorijiy davlat foydasini ko‘zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo‘lsa ham O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi yo‘qotilishi mumkin.

Bungacha quyidagi asoslar bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi yo‘qotilar edi:

  1. shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati idoralariga, politsiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralariga ishga kirganligi natijasida;
  2. agar chet elda doimiy yashovchi shaxs besh yil davomida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa;
  3. agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi yolg‘onligi shak-shubhasiz ma’lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida olingan bo‘lsa.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni chiqqan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi yo‘qotiladi.

 


Manba: daryo.uz

 

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.