» » O‘zbekiston Bosh prokurori hokimlarning hujjatlarini bekor qilish taklifini bildirish huquqiga ega bo‘ldi

O‘zbekiston Bosh prokurori hokimlarning hujjatlarini bekor qilish taklifini bildirish huquqiga ega bo‘ldi

O‘zbekistonda mamlakat Bosh prokuroriga davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning hujjatlarini bekor qilishni taklif etish huquqini beruvchi yangi qonunchilik normalari kuchga kirdi. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda

 

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan 10-avgust kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga tuzatishlar kiritildi.

Mazkur qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 29-iyul kuni qabul qilingan va 2015-yil 6-avgust kuni Senat tomonidan ma’qullangan edi. Tuzatishlar 11-avgustdan e’tiboran kuchga kirdi.

Tuzatishlarga muvofiq, Bosh prokuror O‘zbekiston Prezidentining qarorlarini ijro etish maqsadida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning qonun hujjatlari normalariga nomuvofiq bo‘lgan hujjatlari aniqlangan taqdirda, bu hujjatlarni to‘xtatib turish yoki bekor qilish to‘g‘risida Prezidentga takliflar kiritishi mumkin.

Bundan tashqari, davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning hujjatlari fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini jiddiy ravishda kamsitayotgan bo‘lsa, Bosh prokuror bu hujjatlarni to‘xtatib turish yoxud bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Prezidentiga takliflar kiritishi ham mumkin bo‘ladi.

 



Manba: daryo.uz



Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2018 бесплатно.