» » Google’ning yangi kompaniyasi sayti ishga tushganidan bir necha soat o‘tib Xitoyda blok qilindi

Google’ning yangi kompaniyasi sayti ishga tushganidan bir necha soat o‘tib Xitoyda blok qilindi

Google’ning yangi “boshliq” kompaniyasi — Alphabet’ning sayti ishga tushganidan keyingi bir necha soat ichida Xitoyda blok qilindi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.


 

Google’ning yangi kompaniyasi sayti ishga tushganidan bir necha soat o‘tib Xitoyda blok qilindi

 

“GreatFire.org”ning yozishicha, abc.xyz saytini “Oltin qalqon” kontentni filtrlash tizimi blok qilgan, mazkur tizim Xitoy hududida Google’ning boshqa xizmatlarini ham bloklaydi.

Kuni kecha Google asoschilari — Sergey Brin va Larri Peyj yangi Alphabet Inc xolding kompaniyasi tashkil etilganini, Google esa uning 100 foizlik sho‘basiga aylanginini e’lon qildi. Shu kuni abc.xyz manzilida Alphabet’ning sayti ish boshladi.

 



Manba: daryo.uz





Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.