» » 36 yillik ayriliq: “Paxtakor”ni xotirlab

Скачать 36 yillik ayriliq: “Paxtakor”ni xotirlab в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

36 yillik ayriliq: “Paxtakor”ni xotirlab

11-avgust sanasida “Paxtakor” aviahalokat tufayli 17 nafar o‘g‘lonidan ajralib qolgan. “Championat.asia” sayti o‘sha jamoa a’zolarini xotirlagan holda mudhish halokat tafsilotlarini yodga oldi.

36 yillik ayriliq: “Paxtakor”ni xotirlab

 

1979-yilning 11-avgusti. Toshkent vaqti bo‘yicha soat 13 dan 35 daqiqa 38 soniya o‘tgan. Shu lahzada Toshkent—Gurev—Donetsk—Minsk reysida parvoz qilayotgan Tu-134 samolyoti Chelyabinsk—Kishinyov reysini bajarayotgan shu rusumdagi boshqa samolyot bilan to‘qnashib ketdi. Fojia yerdan 8400 metr balandlikda yuz berdi va ikki samolyot bortida bo‘lgan 178 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida o‘sha vaqtda o‘zbek futbolining faxri hisoblangan “Paxtakor”ning 17 nafardan iborat tarkibi ham bo‘lgan. Afsuski, dispetcherning xatosi ikki yuzga yaqin insonni bu hayotdan olib ketdi.

O‘sha kuni Xarkovdagi havo harakatlarini boshqarish markazida 6 nafar dispetcher navbatchilik qilayotgandi. Bo‘lim boshlig‘i Sergeyev yosh Nikolay Jukovskiyni ish o‘rniga o‘tkazdi va unga rahbarlik qilib turishni Vladimir Sumskoyga topshirdi.

O‘sha kuni bu hududda ob-havo unchalik yaxshi emasdi. Osmonni bulutlar egallagan bo‘lib, ular 8—9 kilometr balandlikda ham qalin joylashgandi. 65735-bort raqamli Tu-134 samolyoti Moskva vaqti bilan soat 13:11 da Donetskdan havoga ko‘tariladi. A.S.Komarov boshchiligidagi ekipaj a’zolari 77 yo‘lovchini manzillari tomon yetkazib qo‘yishi zarur edi. 12:53 da Voronejdan uchgan boshqa bir Tu-134 esa 65816-bort raqamiga ega bo‘lib, unda A.A.Taranenko komandirlik qilayotgandi. Moldaviyaga tegishli samolyot salonida 88 nafar yo‘lovchi ro‘yxatga olingandi. Ulardan 16 nafari 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar edi.

11-avgustda sodir bo‘lgan voqealar quyidagi holatda yuzaga kelgan.

7:50. Xarkov havo harakatlarini boshqarish markazida rahbar Sergeyev janubi-g‘arbiy yo‘nalishga mas’ul etib katta tajribaga ega bo‘lmagan Jukovskiyni qo‘ydi. Uning harakatlarini nazorat qilishni esa birinchi klassli dispetcher Sumskoyga topshiradi. Vaholanki, bu hudud sobiq ittifoqda samolyotlar eng ko‘p uchib o‘tadigan yo‘lga ega edi. Odatiy kunlarda ham ushbu joy osmonida boshqa hududlardan ko‘ra ish ancha qizg‘in bo‘lardi.

13:17. Moldaviyaga qarashli Tu-134 samolyoti Xarkov markazi bilan aloqaga chiqdi. Komandir 9600 metr balandlikni egallashni so‘radi. Lekin Jukovskiy unga bu yo‘l band bo‘lishini aytib, rad javobini berdi.

Keyin esa aloqaga Minskka tegishli bo‘lgan Tu-134 chiqib, komandir Komarov samolyot 5700 metr balandlikda ekanini aytib, o‘zi uchun belgilangan 9600 metr masofaga ko‘tarilishni so‘radi. Har ikki samolyot yo‘nalishi Dneprodzerjinsk tumani osmonida to‘g‘ri burchak ostida kesishar, lekin oradagi farq bir daqiqani tashkil etardi. Biroq Jukovskiy hisobda adashib ketadi hamda ikki samolyot uchib o‘tish farqi 3 daqiqa deb belgilab oladi. Shu sababli u Komarovga 7200 metr balandlikni egallashga buyruq beradi.

13:34. Minsk ekipaji 8400 metr balandlikka ko‘tarilishga buyruq oladi hamda navbatdagi buyruqni kuta boshlaydi. Chunki bu yo‘ldan Il-62 uchib o‘tishi lozim edi. Jukovskiy yana bir xatoga yo‘l qo‘yadi. Buni “Paxtakor” uchayotgan samolyot komandirining aloqaga chiqib aytgan so‘zlaridan payqagan Sumskoy boshqaruvni qo‘lga oladi hamda uchuvchilar bilan aloqaga o‘zi chiqishni boshlaydi.

13:34:07. – 676-chi (Il-62ning bort raqami), 9600 metr balandlikni egallang.
13:34:28. – 735-chi, siz esa 9000 metr balandlikka o‘ting. Dneprodzerjinskda 8440 metr balandlikda yo‘llar kesishadi.

Javob esa quyidagicha yangraydi:
– Tushundim, 8400.

Sumskoyning xatosi shunda bo‘lganki, u javobni qaysi samolyot komandiri aytganini so‘rab, tasdiqlatishni esdan chiqargan. Har ikki dispetcher buyruqni kim bajarganini so‘rashni yoki lokatorga qarab, samolyotlar qaysi yo‘nalishda harakat qilayotganini tekshirishni unutgan.

13:35:38. 95 daraja burchak ostida 65816-raqamli Tu-134A shu rusumdagi 65735-raqamli boshqa bir samolyot bilan to‘qnashib ketadi. Har ikki samolyot uchuvchilari qalin bulut tufayli qarshisidagi samolyotni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lmagan. 8300 metr balandlikda Moldaviya samolyoti Minskka qarashli samolyotning qanot qismiga kelib urilgan. Komarov “Paxtakor” uchayotgan layner boshqaruvini 4500 metr balandlikkacha germetizatsiya buzilgan holatda ham ushlab turgan, biroq shundan keyin samolyot keskin ravishda qulashni boshlagan.

Halokat to‘g‘risida birinchi bo‘lib o‘sha payt havoda bo‘lgan AN-2 samolyoti ekipaji xabar beradi: “Kurilovka hududida qulayotgan samolyot qismlari ko‘zga tashlanmoqda. Menimcha, bu Tu-134 parchalari”.

Ikki laynerning 8400 metr balandlikdagi to‘qnashuvi natijasida 178 nafar inson halok bo‘ldi. 9 oydan keyin bo‘lib o‘tgan sudda Jukovskiy va Sumskoy ustidan sud qarori e’lon qilindi. Ular umumiy rejimda 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Boshqa javobgar shaxslar esa “suvdan quruq chiqqan”.

Ushbu halokatdan juda ko‘pchilik o‘zini yo‘qotib qo‘ygan. Chunki o‘sha mavsumda “Paxtakor”  ishonchli o‘yin ko‘rsatib, yuqori o‘rinlardan joy egallashga haqli ekanligini isbotlab kelayotgandi. Hatto, ba’zi mutaxassislar jamoaning yaqin yillar ichida Yevrokuboklarda o‘ynashi mumkinligi to‘g‘risida taxmin qilayotgandi. Fojia oqibatida nafaqat ko‘plab insonlar halok bo‘ldi, balki bu o‘zbek futbolining rivojlanishiga ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatdi.

Shu tariqa ishqibozlarni armonda qoldirib, “Paxtakor” aviahalokatga uchradi. Tez fursat ichida Toshkentga boshqa jamoalardan futbolchilar chaqirilib, jamoa mavsumni davom ettirdi. Uch mavsum mobaynida jamoaga oliy ligadan tushib ketmaslik imkoniyati taqdim etildi. Lekin hayotdan ko‘z yumgan butun bir jamoa o‘rnini hech kim va hech narsa bosa olmasdi. O‘sha mash’um halokat tufayli ko‘p ming sonli ishqibozlar futboldan butunlay ko‘ngil uzdi. Paxtakorchilarning oila a’zolariga qanchalik qiyin bo‘lganligini tasavvur qilish mushkul bo‘lmasa kerak. Navbatdagi uchrashuvlarga tashrif buyurgan muxlislar ko‘zlarida yosh bilan yangi jamoa ishtirokidagi o‘yinni kuzatib borardi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 11-avgust kuni Toshkentda “Paxtakor-79” jamoasi a’zolari xotirlandi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.