» » AQShning Rossiyaga qarshi kengaytirilgan sanksiyasi kuchga kirdi

Скачать AQShning Rossiyaga qarshi kengaytirilgan sanksiyasi kuchga kirdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

AQShning Rossiyaga qarshi kengaytirilgan sanksiyasi kuchga kirdi

AQShning Rossiyaga qarshi kengaytirilgan sanksiyasi kuchga kirdi

 

 

AQSh hukumatining federal axborotnomasi Rossiyaga qarshi chiqarilgan kengaytirilgan sanksiyaga tushgan shaxslarning to‘liq ro‘yxatini chop etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.

Ukrainaning AQShdagi elchisi Valeriy Chaliy sanksiyaning kuchga kirganligi va unga 50 ta kompaniya hamda 11 nafar jismoniy shaxs kiritilganligini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga qaraganda, sanksiyaning kengaytirilgan ro‘yxatiga:

  • avval sanksiyaga kiritilmagan yetti nafar jismoniy shaxs va oltita kompaniya;
  • RF harbiy-sanoat kompleksiga jalb etilgan ikkita Rossiya kompaniyasi;
  • davlat aktivlarini o‘marish va davlat mansabini suiiste’mol qilishga aloqador bo‘lgan ukrainalik to‘rt nafar sobiq amaldor;
  • Aleksandr Yanukovichning MAKO Xolding yopiq aksiyadorlik kompaniyasi sho‘’basi;
  • avval sanksiyaga kiritilgan shaxslar boshqaruvchi, hamda kapitalining yarmidan ortig‘i Rossiya Tashqi iqtisodiy banki va Rosneft tomonidan nazorat qilinuvchi 35 ta kompaniya va boshqalar kiritilgan.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.