» » Yaponiyada birinchi yadro reaktori o‘z faoliyatini qaytadan boshladi

Скачать Yaponiyada birinchi yadro reaktori o‘z faoliyatini qaytadan boshladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Yaponiyada birinchi yadro reaktori o‘z faoliyatini qaytadan boshladi

Yaponiyada birinchi yadro reaktori o‘z faoliyatini qaytadan boshladi

 

 

Yaponiyaning Kyushu Electric Power kompaniyasi 11-avgust, seshanba kuni Kyusyu orolidagi Kagosima prefekturasida joylashgan “Senday” atom elektr stansiyasi 1-reaktorini ishga tushirdi. Bu 2013-yilda oxirgi yapon reaktori yopilgandan beri faoliyatini qaytadan boshlagan birinchi qurilma hisoblanadi. Bu haqda Yaponiyaning NHK telekanaliga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.

Ushbu reaktor dunyodagi eng qattiq talablar qo‘yilgan xavfsizlikning yangi qoidalari asosida faoliyat yuritadi. U 14-avgust, juma kunidan boshlab elektr energiyasi ishlab chiqara boshlashi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2011-yil martida “Fukusima-1” AESda ro‘y bergan halokatdan so‘ng mamlakatdagi qolgan 48 ta yadro reaktori faoliyati to‘xtatilgan edi. Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bu reaktorlarni yana ishga tushirish tarafdori, chunki ma’murlar mamlakat ehtiyoji uchun chetdan qimmat narxlarda energiya xarid qilishga majbur bo‘lmoqda.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.