» » Janubiy Koreyadagi JChda o‘zbekistonlik shaxmatchilar 5 ta medalga sazovor bo‘ldi

Скачать Janubiy Koreyadagi JChda o‘zbekistonlik shaxmatchilar 5 ta medalga sazovor bo‘ldi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Janubiy Koreyadagi JChda o‘zbekistonlik shaxmatchilar 5 ta medalga sazovor bo‘ldi

Janubiy Koreyaning Suvon shahrida yakunlangan shaxmat bo‘yicha 18 yoshgacha o‘g‘il-qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik shaxmatchilar munosib ishtirok etdi, deb xabar qiladi O‘zA.

Janubiy Koreyadagi JChda o‘zbekistonlik shaxmatchilar 5 ta medalga sazovor bo‘ldi

 

 

Nufuzli musobaqaning o‘n yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarida Javohir Sindorov to‘qqiz imkoniyatdan 8,5 ochko jamg‘arib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. E’tiborlisi, Javohir sakkizinchi turdayoq chempionlikni o‘z foydasiga hal qilib bo‘lgan edi.

O‘zbekiston terma jamoasiga Osiyo chempionati bronza medalini o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda qatnashgan Nodirbek Yoqubboyev keltirdi. U to‘qqiz partiyaning oltitasida g‘alaba qozonib, ikkitasida durang natija qayd etdi va 7 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Osiyo chempionati doirasida o‘tkazilgan rapid va blits shaxmat bo‘yicha World Youth Mind Sports Fair turnirida ham o‘zbekistonlik yosh sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Rapid shaxmat bo‘yicha o‘n yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda ham Javohir Sindorovga teng keladigani topilmadi. U yetti partiyaning beshtasida g‘alaba qozondi va ikkita durang o‘ynadi. Shu tariqa, yetti imkoniyatdan 6 ochko to‘plab, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Javohirning ukasi Islombek Sindorov ham Janubiy Koreyadan medalsiz qaytmadi. Islombek World Youth Mind Sports Fair turnirining rapid yo‘nalishi bo‘yicha sakkiz yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarida yetti imkoniyatdan 6,5 ochko jamg‘arib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

O‘n olti yoshgacha qizlar o‘rtasidagi rapid yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda Nilufar Yoqubboyeva yetti imkoniyatdan besh ochko jamg‘argan holda bronza medal bilan taqdirlandi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.