» » Sankt-Peterburg prokuraturasi kazaklarning Putin surati tushirilgan kupyuralarini tekshiradi

Sankt-Peterburg prokuraturasi kazaklarning Putin surati tushirilgan kupyuralarini tekshiradi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri prokuraturasi OAVxabariga ko‘ra o‘z valyutasini chiqarishni boshlagan kazaklar jamoasi faoliyatini tekshiradi. Bu haqda muassasa rasmiy saytida ma’lum qilingan.

Sankt-Peterburg prokuraturasi kazaklarning Putin surati tushirilgan kupyuralarini tekshiradi

 

Tekshiruv uchun mahalliy “Fontanka” internet-gazetasida 10-avgust kuni berilgan kazaklarning “Irbis” pravoslav ittifoqi bir haftadan buyon o‘z valyuta tizimi bilan yashayotgani haqidagi xabar sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, qiymati 1 grosh (ekvivalenti 100 rubl), 1 altin (1000 rubl) va 1 bashlya (10 ming rubl) ga teng ikki milliondan ortiq banknota chiqarilgan. Kupyuralarda ittifoqqa rahbarlik qiluvchi ataman Andrey Polyakov va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning suratlari tushirilgan.

Prokratura ushbu hududda valyuta chiqarilishining qonuniyligini tekshiradi. Polyakovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu banknotalar ko‘proq vekselni eslatib, faqat jamoa ichidagi o‘zaro to‘lovlar uchun ishlatiladi. Rossiya Markaziy banki esa mamlakat hududida boshqa pullar joriy etilishini noqonuniy deb atagan.

 

Manba: Daryo.uz





Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.