» » Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlar yollash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi

Скачать Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlar yollash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlar yollash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi

2015-yil 31-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori imzolandi. Bu haqda “Xushnudbek.uz” xabar beradi.

Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlar yollash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi

 

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.
Qaror asosida tasdiqlangan Nizom xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Nizomga ko‘ra, xususiy tadbirkor xodimlarni yollashni bankda qonunchilikda belgilangan tartibda hisob raqami ochilgandan keyin amalga oshirishi mumkin.
Shuningdek, Nizomga qaysi faoliyat bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlar necha nafargacha xodim yollashi mumkinligini belgilovchi ro‘yxat ham ilova qilingan. Unga ko‘ra, faoliyat turlariga qarab, bir nafardan uch nafargacha xodim yollashi mumkinligi qayd etilgan.
Bir necha faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan xususiy tadbirkor, faoliyatning turlari sonidan qat’iy nazar, uch nafardan ko‘p bo‘lmagan xodimlarni yollash huquqiga ega. Xodimlarni yollagan holda xususiy tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat turlarining to‘liq ro‘yxati bilan “Xushnudbek.uz” saytida tanishishingiz mumkin.

 

Manba: Daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.