» » Di Kaprio Skorsezening yangi filmida AQSh tarixidagi eng ashaddiy qotilni o‘ynaydi

Скачать Di Kaprio Skorsezening yangi filmida AQSh tarixidagi eng ashaddiy qotilni o‘ynaydi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Di Kaprio Skorsezening yangi filmida AQSh tarixidagi eng ashaddiy qotilni o‘ynaydi

Leonardo Di Kaprio amerikalik jurnalist va hujjatnavis Erik Larsonning «Oq uydagi iblis» kitobi asos bo‘lib xizmat qiladigan yangi filmda suratga tushadi. Aktyor bilan besh filmda hamkorlik qilgan Martin Skorseze yangi loyihaga rejissor etib tayinlandi. Bu haqda Deadline xabar qildi.

Di Kaprio Skorsezening yangi filmida AQSh tarixidagi eng ashaddiy qotilni o‘ynaydi

 

Di Kaprio 1893-yilda, Kolumbga bag‘ishlangan Butunjahon ko‘rgazmasi chog‘ida 50 dan 200 nafargacha mehmonning umriga zomin bo‘lgan Chigakodagi mehmonxona sohibi Genri Xolms rolini o‘ynashi taxmin qilinmoqda. 1894-yili Xolms hibsga olingan va oradan ikki yil o‘tib, osib o‘ldirilgandi.

Birinchi bor Larsonning kitobi ekranlashtirilishi to‘g‘risida 2010-yilda ovozalar bo‘lgandi. O‘shanda ham bosh rolga Di Kaprio mo‘ljallangan, ammo bunga mos rejissor topilmagach, loyiha to‘xtatilgandi.

 

Manba: Daryo.Uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.