» » “Barselona” “Sevilya”dan 5:4 hisobida ustun kelib, UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi

Скачать “Barselona” “Sevilya”dan 5:4 hisobida ustun kelib, UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

“Barselona” “Sevilya”dan 5:4 hisobida ustun kelib, UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi

Tbilisida bo‘lib o‘tgan UEFA Superkubogi bahsida “Barselona” hamda “Sevilya” klublari o‘zaro kurash olib borishdi. Qiziqarli kechgan bellashuvda 5:4 hisobi qayd etilib, kataloniyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.

“Barselona” “Sevilya”dan 5:4 hisobida ustun kelib, UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi

 

 

O‘yinda to‘qqizta gol kiritildi. Muxlsilar rostmana dramatik uchrashuvga guvoh bo‘ldi.

Dastlab, hisobni “Sevilya” ochdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib Messi oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Argentinalik futbolchining o‘zi yana bitta gol urib, “Barsa”ni oldinga olib chiqdi. Rafinya va Suareslarning gollaridan so‘ng barchasi endi tugugandek edi go‘yo.

Ammo, “Sevilya” yana uchta gol urib, oradagi muvozanatni tenglashtira oldi. Reyes, Gameyro va Konoplyankalarning gollari futbolchilarni qo‘shimcha bo‘limlarga boshladi. Lekin, baribir “Barselona” o‘z so‘zini aytdi va Pedroning kiritgan goli evaziga UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi.

UEFA Superkubogi

“Barselona” (Ispaniya) – (Sevilya) Ispaniya 5:4 (3:1, 1:3, 0:0)

Gollar: 0:1 – 3 Banega, 1:1 – 7 Messi, 2:1 – 15 Messi, 3:1 – 44 Rafinya, 4:1 – 52 Suares, 4:2 – 57 Reyes, 4:3 – 72, penalti Gameyro, 4:4 – 81 Konoplyanka, 5:4 – 115 Pedro.

“Barselona” – ter Stegen, Pike, Mate, Dani Alves, Rakitich, Buskets, Inesta (Serdji Roberto, 63), Maskerano (Pedro, 93), Rafinya (Bartra, 78), Messi, Suares.

“Sevilya” – Betu, Rami, Tremulinas, Koke, Banega, Iborra (Mariano, 80), Krixovyak, Vitolo, Kron-Deli, Reyes (Konoplyanka, 68), Gameyro (Immobile, 80).

Ogohlantirishlar: Krixovyak (14), Mate (71), Koke (88), Banega (90), Immobile (92), Pedro (94), Buskets (117), Dani Alves (120), Kron-Deli (120).

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.