» » 15-sentabr kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasi ochiladi

Скачать 15-sentabr kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasi ochiladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

15-sentabr kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasi ochiladi

15-sentabr kuni BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida BMT Bosh Assambleyasining 70-yubiley sessiyasi ochiladi, deb xabar bermoqda UzDaily. Yillik umumiy munozaralar 28-sentabrdan 3-avgustgacha davom etadi.

15-sentabr kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasi ochiladi

 

An’anaga ko‘ra, 28-sentabr kuni Bosh Assambleya minbarlaridan dastlab Braziliya va AQSh prezidentlari chiqish qiladi. Umumiy munozaralardan oldin BMT bosh kotibi tashkilotning faoliyati to‘g‘risidagi yillik hisobotni a’zo davlatlarga taqdim etadi.

Dastlabki ro‘yxatga ko‘ra, munozaralarning ilk kunining birinchi yarmida Polsha, Xitoy, Iordaniya, Rossiya, Koreya Respublikasi, Eron, Fransiya, Qatar, Niderlandiya, Qozog‘iston, Meksika, Portugaliya, Mozambik kabi davlatlar rahbarlari chiqish qiladi. Sentabr oyida Nyu-Yorkda rekord darajadagi davlat va hukumat rahbarlari to‘planishi kutilmoqda — hozirda tashkilotga a’zo 193 davlatning 155 tasidan ariza kelib tushgan.

25—27-sentabr kunlari Bosh Assambleyada 2015-yildan keyingi davr uchun barqaror rivojlanish bo‘yicha sammit o‘tkaziladi. 27-sentabr kuni sammitda chiqish qiluvchi davlat rahbarlari orasida Tojikiston, Qozog‘iston, Belarus, Rossiya va Ukraina prezidentlari bo‘lishi aytilgan.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.