» » Nepallik talaba 1 daqiqa ichida boshiga oyog‘i bilan 134 marta zarba berib, rekord o‘rnatdi

Nepallik talaba 1 daqiqa ichida boshiga oyog‘i bilan 134 marta zarba berib, rekord o‘rnatdi

Nepallik talaba Puskar Nepal 1 daqiqa ichida boshiga o‘z oyog‘i bilan 134 marta zarba berib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi, deb xabar bermoqda Metro.

 

Nepallik talaba 1 daqiqa ichida boshiga oyog‘i bilan 134 marta zarba berib, rekord o‘rnatdi

 

Qayd etilishicha, talaba rekordlar kitobiga o‘tgan haftada kiritilgan, biroq u rekordni o‘tgan yilning dekabr oyida o‘rnatgan. Bungacha rekord amerikalik Joel Leyndekerga tegishli bo‘lib, u 1 daqiqa ichida boshiga oyog‘i bilan 124 marta zarba bera olgan.

 

Nepalning so‘zlariga ko‘ra, u rekord o‘rnatish uchun 7—8 oy davomida harakat qilgan. Kuniga bir necha soatdan mashq qilib, bir paytning o‘zida ikki oyog‘i bilan boshiga zarba berish texnikasini o‘zlashtirgan. U endi o‘z mamlakatining qishloq hududlaridagi kambag‘al aholi uchun nimadir qilmoqchiligini ma’lum qilgan.

 



Manba: daryo.uz









Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.