» » Qoraqalpog‘istonda Salomatlik haftaligi davomida aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda

Скачать Qoraqalpog‘istonda Salomatlik haftaligi davomida aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Qoraqalpog‘istonda Salomatlik haftaligi davomida aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda

 

Qoraqalpog‘istonda Salomatlik haftaligi davomida aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda

 

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin!” shiori ostida o‘tkazilayotgan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham qizg‘in davom etmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2015-yil 18-fevraldagi “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan Salomatlik haftaligi davomida ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ilmiy-tekshirish institutlari va tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining professorlari, terapevt, jarroh, kardiolog, nevropatolog, oftalmolog, urolog, ortoped, travmatolog kabi malakali mutaxassislar aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda.

– Ko‘rikda aholining barcha qatlami, ayniqsa, keksa avlod vakillarini to‘liq qamrab olishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi Salomatlik va tibbiy statistika instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali direktori Tabassum Ro‘zmetova. – Malakali mutaxassislar guruhlarga bo‘linib, olis hududlarda istiqomat qilayotgan yoshi ulug‘ insonlar, urush va mehnat fronti faxriylari, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar, bolalar, fertil yoshidagi ayollarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, sog‘lom turmush tarzi va salomatlik asoslari bo‘yicha zarur tavsiyalar bermoqda.

Tibbiy tekshiruvlar zamonaviy diagnostika asbob-uskunalari, jumladan, flyuro-mobillar, UTT va EKG apparatlarida o‘tkazilayotgani aniq tashxis qo‘yishda qo‘l kelmoqda. Aniqlangan xastaliklarni bartaraf etish va davolash uchun bemorlarga markaziy klinikalarga yo‘llanmalar berilayotir.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.