» » NASA Saturnning noodatiy fotosuratini namoyish etdi

Скачать NASA Saturnning noodatiy fotosuratini namoyish etdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

NASA Saturnning noodatiy fotosuratini namoyish etdi

NASA Saturnning noodatiy fotosuratini namoyish etdi

 

Cassini zondi Yerga keng burchakli kamera yordamida infraqizil filtrni tatbiq etish orqali olingan Saturnning noodatiy suratini yo‘lladi. “Korrespondent.net” xabariga ko‘ra, bu kabi suratlar olimlarga sayyora atmosferasidagi bulutlar joylashuvini belgilashga yordam beradi.

Cassini mazkur suratni taxminan 1,5 million kilometr masofadan turib suratga olgan. Surat ko‘lami bir piksel uchun 89 kilometrga teng.

Avvalroq olimlar Cassini zondi orqali olingan ma’lumotlar asosida Saturnning Entselade nomli yo‘ldoshining muzosti okeanidagi kimyoviy sharoitlar hayotning paydo bo‘lishi va mavjud bo‘lishi uchun mos kelishini aniqlagan edi. Bundan tashqari, Saturnning sovuq yo‘ldoshi — Titanda metan va kislorodsiz asosdagi hayot namunalari bo‘lishi mumkinligi aniqlangan edi.

Saturn va uning yo‘ldoshi — Titanni tadqiq etish maqsadida AQSh, Yevropa va Italiya aerokosmik agentliklari tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan Cassini-Huygens zondi 1997-yil uchirilgan bo‘lib, 2004-yil 1-iyul kuni Saturn orbitasiga yetib borgan, 2005-yil 14-yanvarida esa Huygens zondi Titan sathiga qo‘ngandi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.