» » IShID garovga olingan xorvatiyalikning boshini tanasidan judo qildi

Скачать IShID garovga olingan xorvatiyalikning boshini tanasidan judo qildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

IShID garovga olingan xorvatiyalikning boshini tanasidan judo qildi

“Iroq va Shom islom davlati” terrorchilik tashkiloti jangarilari iyul oyida o‘g‘irlab ketilgan Xorvatiya fuqarosi Tomislav Salopekning boshini tanasidan judo qildi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

IShID garovga olingan xorvatiyalikning boshini tanasidan judo qildi

 

Reuters axborotiga ko‘ra, xorvatiyalikni IShIDning Sinay yarimorolidagi filiali jangarilari olib qochgan. Agentlikning qayd etishicha, boshsiz qolgan tana surati haqiqatan ham 12-avgust kuni e’lon qilingan, biroq uning haqiqiyligini tekshirish imkoni yo‘q.

“Biz bu xabarni internetda ko‘rdik, hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan o‘z surishtiruv ishlarimizni olib boryapmiz. Agar bu axborot tasdiqlanadigan bo‘lsa, maxsus bayonot berish orqali OAVni bundan boxabar qilamiz”, — dedi Misr IIV matbuot xizmati vakili.

Avvalroq, 5-avgust kuni e’lon qilingan videoyozuvda terrorchilar, agar Misr hukumati mamlakat qamoqxonalaridagi musulmon ayollarni ozod qilmasa, garovdagi xorvatiyalikni 48 soat ichida qatl etish bilan tahdid qilgandi. Salopekning o‘zi uni 22-iyul kuni garovga olishganini aytib o‘tgandi.

Bungacha Xorvatiyaning Glas Slavonije nashri Fransiyaning General Geoscience kompaniyasida geodezist sifatida ishlovchi 31 yoshli xorvatiyalik garovga olingani haqida xabar bergandi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Salopek ishga ketayotgan avtomobil Qohiraning tumanlaridan birida qurollangan noma’lum shaxslar tomonidan to‘xtatilgan.

2015-yil iyulida IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy terrorchilik tashkiloti jangarilariga o‘z raqiblarining qatl etilishini suratga olish va e’lon qilishni taqiqlagandi. Bundan tashqari, Bag‘dodiy zo‘ravonlik tasvirlangan videoyozuvlarni internetga joylashtirishni ham taqiqlagan, bu haqdagi ko‘rsatma IShID nazorati ostidagi barcha OAVlarga yuborilgan.

Terrorchilar rahbarining qayd etishicha, u bu qarorni tashkilotni qo‘llab-quvvatlayotgan odamlar va ularning bolalari hissiyotlarini tahqirlamaslik maqsadida qabul qilgan. Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi videoyozuvlarning e’lon qilinishi IShID obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.