» » Indoneziya prezidenti hukumat tarkibida o‘zgarishlarni amalga oshirdi

Indoneziya prezidenti hukumat tarkibida o‘zgarishlarni amalga oshirdi

Indoneziya prezidenti Joko Vidodo 12-avgust, chorshanba kuni mamlakatda kechayotgan iqtisodiy sustlik sharoitida bu sohadagi lavozimlarga yangi tayinlovlarni amalga oshirishga qaror qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

 

Indoneziya prezidenti hukumat tarkibida o‘zgarishlarni amalga oshirdi

 

Jumladan, Markaziy bankning sobiq rahbari Darmin Nasution iqtisodiyot vaziri, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar bozori nazoratchisi Tomas Lembong esa savdo vaziri lavozimiga tayinlandi. Ta’kidlanishicha, Indoneziyada davom etayotgan inqiroz prezidentni bunday qaror qabul qilishiga asosiy sabab bo‘lgan.

Shuningdek, huquqni muhofaza etish tizimlari, Dengiz ishlar vazirligi va Milliy rivojlanishni rejalashtirish vazirliklarida ham yangi tayinlovlar amalga oshirilgan.

 



Manba: daryo.uz





Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.