» » Yokogamada Pikachu pokemonlari paradi bo‘lib o‘tdi

Скачать Yokogamada Pikachu pokemonlari paradi bo‘lib o‘tdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Yokogamada Pikachu pokemonlari paradi bo‘lib o‘tdi

Yaponiyaning Yokogama shahrida 11-avgust, seshanba kuni Pikachu pokemonlari paradi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda The Daily Mirror xabar bermoqda.

Yokogamada Pikachu pokemonlari paradi bo‘lib o‘tdi

 

Tadbirda mashhur kompyuter o‘yini qahramoni ko‘rinishidagi liboslarni kiyib olgan mingdan ortiq odam ishtirok etdi. Pokemonlar yurishi Tokiodagi xorijiy mamlakatlarning elchixonalari va diplomatik vakolatxonalari joylashgan Minato tumanida yakuniga yetgan.

Hodisa guvohlari tomonidan internetga joylashtirilgan videoyozuvlarda multplikatsion qahramonlar ikki qator bo‘lib, bir xilda u yoqdan bu yoqqa tebranib qadam tashlayotganliklarini ko‘rish mumkin. Tomoshabinlarning aksariyati ham Pikachu libosini kiyib olgan.

Gentside Gaming nashrining qayd etishicha, Yokogamada Pikachu pokemonlarining yurishi har yili bo‘lib o‘tadi.

Pikachu va boshqa pokemonlar yaponiyalik geym-dizayner Satosi Tadziri sabab paydo bo‘lgan. U rahbarlik qilgan Game Freak studiyasi 1996-yili ikkita “Pokemon” o‘yinini chiqargan va bu o‘yin butun dunyo bo‘ylab tezda ommalashib ketgan. Keyinchalik o‘yin asosida anime, manga, kolleksion qarta o‘yini va boshqa shunga o‘xshash mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

“Pokemon” so‘zi superqobiliyatlarga ega bo‘lgan, o‘ylab topilgan maxluqni ifodalash uchun ishlatiladi. Pikachu esa mazkur franshizaning eng taniqli va mashhur qahramonlaridan biridir.

 


Manba: daryo.uz

 

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.