» » XEA: Eron sabab jahon bozorida neft narxi keskin tushib ketishi mumkin

Скачать XEA: Eron sabab jahon bozorida neft narxi keskin tushib ketishi mumkin в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

XEA: Eron sabab jahon bozorida neft narxi keskin tushib ketishi mumkin

Xalqaro energetika agentligining ogohlantirishicha, sanksiyalar bekor qilinishi bilan Eron jahon neft bozoriga katta tezlikda kirib keladi. “Gazeta.ru”ning tashkilot hisobotiga asoslanib xabar berishicha, bu holat jahon bozorida neft narxining keskin pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin.

 

XEA: Eron sabab jahon bozorida neft narxi keskin tushib ketishi mumkin

 

 

XEA ma’lumotlariga ko‘ra, Eron kunlik neft qazib olish hajmini osonlik bilan 730 ming barrelgacha oshirishi mumkin. Iyul oyi yakunlariga ko‘ra, Eron 2,87 million barrel neft ishlab chiqardi.

Agentlik prognoziga ko‘ra, yaqin istiqbolda — Eronga nisbatan sanksiyalar bekor qilinganidan so‘ng — ishlab chiqarish hajmi oyiga 3,4—3,6 million barrelga yetishi mumkin.

“2015-yil oxiriga qadar qazib olish hajmi o‘sishi kutilmayapti, sanksiyalar bekor qilinguniga qadar neft omborlarda saqlab turiladi, sanksiyalar bekor bo‘lganidan so‘ng esa jahon bozoriga yopirilib kiradi”, — deyiladi XEA hisobotida.

Eslatib o‘tamiz, Eron neft vaziri neft qazib olish hajmini kuniga yarim million barrelga oshirish haqidako‘rsatma berdi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.