» » Samarqandda yoshi ulug‘ insonlar “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda

Скачать Samarqandda yoshi ulug‘ insonlar “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Samarqandda yoshi ulug‘ insonlar “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin!” shiori ostida o‘tkazilayotgan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik Samarqand viloyatida ham yuksak saviyada tashkil etilmoqda, deb xabar qiladi O‘zA.

 

Samarqandda yoshi ulug‘ insonlar “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda

 

Bulung‘ur tumani tibbiyot birlashmasi ko‘ptarmoqli markaziy poliklinikasida tashkil etilgan ko‘rikka tumandagi urush va mehnat fronti faxriylari, yoshi ulug‘ insonlar, nogironlar taklif etildi.

– “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida bunday tadbirlar yil boshidan buyon muntazam o‘tkazib kelinmoqda, – deydi Bulung‘ur tumani tibbiyot birlashmasi ko‘ptarmoqli markaziy poliklinikasi mudiri Dilbar Shertoyeva. – Bu galgi ko‘rikka viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining yuqori malakali shifokor va mutaxassislari jalb etildi. Ular nuroniy otaxon va onaxonlarni zamonaviy tibbiy apparatlar yordamida ko‘rikdan o‘tkazib, zarur tavsiyalar berdi. Davolanishi lozim bo‘lgan nuroniylar tegishli tibbiyot muassasalariga yo‘llanma oldi. “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi viloyat bo‘limi tomonidan dori-darmon va tibbiy vositalar tarqatildi. Mutaxassislar o‘ttizga yaqin ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, mehnat faxriysi va nogironlarning xonadoniga borib, ularni ko‘rikdan o‘tkazdi.

Kun davomida urolog, ginekolog, nevropatolog, oftalmolog singari o‘nga yaqin mutaxassislar 300 ga yaqin keksalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Sog‘lom turmush tarzi va salomatlik asoslari bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib bordi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.