» » Saudiya Arabistonida masjiddagi teraktga aloqadorlik gumoni ostida 34 kishi hibsga olindi

Скачать Saudiya Arabistonida masjiddagi teraktga aloqadorlik gumoni ostida 34 kishi hibsga olindi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Saudiya Arabistonida masjiddagi teraktga aloqadorlik gumoni ostida 34 kishi hibsga olindi

 

Saudiya Arabistonida masjiddagi teraktga aloqadorlik gumoni ostida 34 kishi hibsga olindi

 

Saudiya Arabistoni hukumati qirollik janubi-g‘arbida joylashgan Abha shahridagi maxsus xizmat masjidida ro‘y bergan teraktga aloqadorlikda gumon qilib 34 kishini hibsga oldi. Bu haqda “RIA Novosti”xabar bermoqda.

“Iroq va Shom islom davlati” terrorchilik tashkiloti a’zosi va ayni vaqtda Saudiya Arabistoni fuqarosi hisoblangan terrorchi-kamikadze 6-avgust kuni peshin namozi vaqtida masjid ichida portlovchi qurilmani ishga tushirgan edi. Oqibatda 15 kishi, jumladan, xavfsizlik xizmatining 12 xodimi halok bo‘ldi.

Saudiya Arabistonining Londonda chop etiluvchi “Al-Hayot” gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, teraktga aloqadorlikda gumon qilinib hibsga olinganlarning 30 nafari Saudiya Arabistoni fuqarolaridir, qolganlar esa Suriya, Bahrayn, Yaman va Pokiston vakillaridir.

Qayd etish joiz, Saudiya politsiyasi terakt sodir etilgan kun — 6-avgustning o‘zida yetti kishini, ertasiga yana 10 kishini hibsga olgandi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.