» » Jahondagi eng hayratlanarli 15 konsert zali

Скачать Jahondagi eng hayratlanarli 15 konsert zali в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Jahondagi eng hayratlanarli 15 konsert zali

Jahondagi eng hayratlanarli 15 konsert zali

 

Teatr tomoshasini jonli kuzatish kishiga ajoyib hissiyotlar tuhfa etadi. Shu tomoshaga tengi yo‘q teatrda guvoh bo‘lish esa hech qachon yoddan chiqmaydigan voqeadir, deb yozadi “Interesno.cc”.

Jahonning ko‘plab mamlakatlarida g‘aroyib tabiiy va tarixiy manzaralarda — yerosti g‘orlaridan tortib, XIX asr qal’alariga qadar bo‘lgan joylarda qurilgan konsert maydonlari mavjud.

Quyidagi ro‘yxatda o‘zida Rolling Stones va Devid Bouini qabul qilgan Sleyn qasridan tortib, Shvetsiyadagi sobiq ohaktosh koni o‘rnida qurilgan, jonli musiqa kechalariga mezbonlik qiluvchi Dalxalla amfiteatrigacha bo‘lgan konsert o‘tkazish joylari bilan tanishish mumkin.

Avstriyada har yili iyuldan boshlab avgust oxiriga qadar o‘tkaziladigan Bregents festivali suzib yuruvchi sahnadagi fantastik dekoratsiyalari bilan tanilgan.

Pensilvaniya shtatining Betlexem shahrida joylashgan Stil Staks madaniyat markazida sahna sabab zavodning po‘lat konstruksiyalari ko‘tariladi.

Maydoncha Bethlehem Steel sobiq po‘lat quyish zavodi hududida joylashgan.

Fransiyaning Oranj shahridagi Antik d’Oranj teatri YuNЕSKOning Jahon merosi obyekti hisoblanadi — u miloddan avvalgi I asrda Qadimgi Rim amaldorlari tomonidan qurdirilgan. Bu yerda hozirgi kunga qadar qadimiy tosh dekoratsiyalarda konsertlar uyushtiriladi.

Dalxalla amfiteatri — Shvetsiyaning quyuq o‘rmonlari bag‘ridagi Rattvik shahri yaqinida joylashgan sobiq ohaktosh koni o‘rnida qurilgan inshoot.

Bu yerda har yili iyun—sentabr oylari davomida tashkil etiladigan turli uslub va yo‘nalishlardagi konsertlarni tomosha qilish uchun tomoshabinlar qariyb 60 metr chuqurlikda bo‘lgan konga tushishlari kerak.

Kolorado shtati Morrison shahridagi Red Roks amfiteatri yer qobig‘i harakati sabab yuzaga kelgan: ko‘p yillar davomida asta-sekinlik bilan ko‘chib tushgan qoyalar tog‘ jinslarida amfiteatr devorlarini hosil qilgan.

Qoyali tog‘larning qoq yuragida, dengiz sathidan 1980 metr balandlikda joylashgan konsert maydonchasidan atrofdagi tengi yo‘q manzaraga guvoh bo‘lish mumkin.

Taorminadagi antik teatr miloddan avvalgi VII asrda Sitsiliyaning Taormina shaharchasida qadimgi greklar tomonidan qurilgan. 1983-yildan beri Taormine Arte qo‘mitasi asl holicha saqlanib qolgan mazkur inshootda konsertlar, teatr tomoshalari va kino namoyishlarni uyushtirib keladi.

Tabernakl — bu aslida 1910-yili Atlantada qurilgan cherkov bo‘lib, 1996-yilgi Olimpiya o‘yinlari vaqtida House of Blues’ga aylantirilgan. Madaniyat markazida hozirgi kunga qadar original balkonlar, shiftdagi suratlar, vitraj oynalar va katta billur qandil saqlanib qolgan.

Gorj amfiteatri — bu Vashington shtati, Jorj shahrida ochiq osmon ostidagi maydoncha bo‘lib, o‘z bag‘riga 27,5 ming kishini sig‘dira oladi. U qoya cho‘qqisida joylashgan bo‘lib, qo‘shiq eshitish davomida Kolumbiya daryosi va Kolumbiya Gorj kanonining ajoyib manzaralaridan bahramand bo‘lish mumkin.

Idéal du Facteur Cheval saroyi fransiyalik pochtalon Jozef Ferdinand Sheval 33 yil davomida to‘plagan yapaloq toshlardan qurilgan. 1907-yilda qurilgan mazkur inshootda iyun va iyul oylarida konsertlar o‘tkaziladi.

Nyu-Yorkda joylashgan Nikon at Jones Beach Theater maydonchasi mashhur plyajda, shundoqqina suv bo‘yida joylashgan. Iyul—sentabr oylari davomida bu yerda tashkil etiladigan konsertlarda Jimmi Baffet, Nine Inch Nails va Nil Yang kabi mashhurlar sahnaga chiqadi.

Ermita de la Santa Krus — bu Gvatemalaning Antigua shahrida 1664-yilda qurilgan qadimiy cherkov bo‘lib, bir necha zilzilalardan omon qolgan va 1973-yili qayta ta’mirlanib, ochiq teatrga aylantirilgan. Bu yerda yil davomida opera va balet tomoshalari qo‘yiladi.

Jahondagi eng hayratlanarli 15 konsert zali

 

 

Avliyo Mixail g‘ori — Gibraltarning Apper Rok qo‘riqxonasidagi ohaktosh g‘orlari tarmog‘i. G‘ordan 60-yillar boshidan beri teatr sifatida foydalaniladi va o‘z bag‘riga 400 tomoshabinni sig‘dira oladi.

XIX asrda qurilgan Punta Kristo forti Xorvatiyaning Pula shahri atrofida qurilgan ko‘plab fortlardan biri bo‘lib, avgust oyida tashkil etiladigan Dimensions Festival va sentyabrda bo‘ladigan Outlook Festival kabi festivallarni qabul qiladi.

Koningamlar oilasining qadrdon uyi va qirol Georg I’ning tez-tez kelib turadigan sayr qilish joyi hisoblangan Irlandiyadagi Sleyn Kastlda 1981-yildan beri konsertlar o‘tkaziladi. Bu yerda Rolling Stones, Bob Dilan, Queen, Devid Boui singari zamonning eng mashhur xonandalari kuylagan.

Tennesi shtatidagi Kamberlend g‘orining Vulqon zalida avgustdan dekabrga qadar har oy Bluegrass Underground konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Konsert joyi yer sathidan 100 metr chuqurlikda joylashgan.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.