» » Turkiyadagi qurolli to‘qnashuvda ikki politsiyachi yaralandi, ikki terrorchi yo‘q qilindi

Turkiyadagi qurolli to‘qnashuvda ikki politsiyachi yaralandi, ikki terrorchi yo‘q qilindi

Turkiyaning Mardin viloyatida o‘tgan kecha Kurdiston ishchi partiyasi jangarilari hukumat qarorgohining hududiy binosini qo‘riqlayotgan politsiyachilarga hujum qildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.

Turkiyadagi qurolli to‘qnashuvda ikki politsiyachi yaralandi, ikki terrorchi yo‘q qilindi

 

Mahalliy televideniyening ma’lum qilishicha, ikki politsiyachi yaralangan, ulardan biri og‘ir ahvolda.

Terrorchilar binoni va politsiyachilarni o‘qqa tutishda qo‘l granatalari va avtomatik qurollardan foydalandi. Ularga nisbatan javob hujumiga o‘tilganda, bosqinchilar yashirinishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng, hududga maxsus topshiriqli bo‘linma jalb etildi. Ular jangarilarni topish uchun kvartallarni berkitib qo‘ydi. Tumanlardan birida yuzaga kelgan yangi otishma oqibatida Kurdiston ishchi partiyasining ikki a’zosi otib o‘ldirildi.

Xuddi shu viloyatda jangarilar Nusaybin uyezdidagi jandarmeriya bo‘linmasiga hujum qildi. Otishma 40 daqiqa davom etdi. Terrorchilar o‘rmon hududiga yashirinishga majbur bo‘ldi.

 



Manba: daryo.uz









Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.