» » Mariya Sharapova dunyoning eng boy ayol sportchisi deb topildi

Скачать Mariya Sharapova dunyoning eng boy ayol sportchisi deb topildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Mariya Sharapova dunyoning eng boy ayol sportchisi deb topildi

 

Mariya Sharapova dunyoning eng boy ayol sportchisi deb topildi

 

 

Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova Forbes jurnali talqiniga ko‘ra dunyoning eng boy ayol sportchilari reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi, deb xabar bermoqda “Olamsport”. Mariya sportdagi faoliyati davomida bu ro‘yxatning birinchi qatoridan 11-marotaba joy olmoqda.

Sharapovaning boyligi 29,7 million dollarga baholangan. Ikkinchi o‘rinni yana bir tennischi, dunyo reytingini boshqarib kelayotgan Serena Uilyams band etgan. Amerikalik raketka ustasining boyligi 24,6 million dollar ekan. E’tiborlisi, kuchli o‘ntalikdan joy olgan sportchi xonimlarning yetti nafari tennischilardir.

Eng boy sportchi ayollar o‘nligi:

  1. Mariya Sharapova (Rossiya, tennis) — $29,7 mln
  2. Serena Uilyams (AQSh, tennis) — $24,6 mln
  3. Karolin Voznyatski (Daniya, tennis) — $14,6 mln
  4. Danika Patrik (AQSh, NASCAR) — $13,9 mln
  5. Ana Ivanovich (Serbiya, tennis) — $8,3 mln
  6. Petra Kvitova (Chexiya, tennis) — $7,7 mln
  7. Simona Xalep (Ruminiya, tennis) — $6,8 mln
  8. Ronda Rouzi (AQSh, UFC) — $6,5 mln
  9. Steysi Lyuis (AQSh, golf) — $6,4 mln
  10. Agneshka Radvanska (Polsha, tennis) — $6 mln

Manba: Daryo.Uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.