» » Xitoyning Tyanszin shahrida ro‘y bergan portlash qurbonlari soni 44 kishiga yetdi

Скачать Xitoyning Tyanszin shahrida ro‘y bergan portlash qurbonlari soni 44 kishiga yetdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Xitoyning Tyanszin shahrida ro‘y bergan portlash qurbonlari soni 44 kishiga yetdi

Xitoyning Tyanszin shahrida ro‘y bergan portlash qurbonlari soni 44 kishiga yetdi

 

Xitoyning Tyanszin shahrida 13-avgust, payshanbaga o‘tar kechasi ro‘y bergan kuchli portlash qurbonlari soni 44 kishiga yetdi, 520 kishi esa kasalxonalarga yotqizilgan. Halok bo‘lganlarning 12 nafari o‘t o‘chiruvchilardir. Bu haqda qutqaruv shtabi manbalariga asoslanib, Sinxua agentligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Oldinroq xabar qilinganidek, Tyanszindagi logistika kompaniyasi konteyner terminalida 30 soniya farq bilan ikkita kuchli portlash ro‘y bergan. Uning to‘lqini o‘nlab kilometr olisda ham sezilgan.

“Jenmin jibao” gazetasining yozishicha, hodisa joyiga 143 ta yong‘inga qarshi kurash brigadasi, 1000 dan ziyod o‘t o‘chiruvchi jo‘natilgan. Qutqaruv ishlari chog‘ida yana bir nechta portlash sodir bo‘lgani tufayli qurbonlar soni ortgan.

Portlashga aynan nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Internetda kompaniya omborida zararli kimyoviy moddalar saqlangani haqidagi mish-mishlar paydo bo‘ldi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.