» » Toshkentda ko‘chada qarovsiz qolgan otaxon 18 soat ichida qariyalar uyiga joylashtirildi

Скачать Toshkentda ko‘chada qarovsiz qolgan otaxon 18 soat ichida qariyalar uyiga joylashtirildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Toshkentda ko‘chada qarovsiz qolgan otaxon 18 soat ichida qariyalar uyiga joylashtirildi

Toshkentda ko‘chada qarovsiz qolgan uysiz otaxon haqidagi xabar Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhiga qo‘yilganidan keyin 18 soat ichida qariyalar uyiga joylashtirildi. Bu haqda Guruh a’zolarima’lum qilgan.

Toshkentda ko‘chada qarovsiz qolgan otaxon 18 soat ichida qariyalar uyiga joylashtirildi

 

Qayd etilishicha, Oloy bozori yaqinidagi “Ipoteka bank” filiallaridan birida o‘tirgan otaxon haqidagi xabar 12-avgust kuni soat 18:00 dan keyin guruhga qo‘yilgan. Bir soat ichida guruh a’zolari bo‘lgan sobiq qo‘shnilari uni tanib, eski mahallasini topgan. Tun bo‘lishiga qaramay, mahalla o‘z arxivlarini ochib, otaxonning ismini aniqlashtirgan.

Shuningdek, otaxonning bir qizi va bir o‘g‘li borligi, qizi AQShda, o‘g‘li esa Rossiyada ekanligi aniqlangan. Guruh a’zolari vakolatli muassasalarga murojaat qila boshlagan, bir necha a’zosi esa otaxonga o‘z uyidan joy berishni taklif qilgan. Biroq otaxon buni qat’iyan rad etib, qariyalar uyiga borishini aytgan.

Ertasiga ertalab (13-avgust) Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi vaziyatni to‘liq nazorat ostiga olganini ma’lum qilgan. Keyinroq, otaxon qariyalar uyiga joylashtirilgani, shuningdek, uning hujjatlari rasmiylashtirilayotgani ma’lum qilingan.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.