» » Shveysariya Eronga nisbatan qo‘llangan sanksiyani olib tashladi

Shveysariya Eronga nisbatan qo‘llangan sanksiyani olib tashladi

Shveysariya hukumati 12-avgust, chorshanba kuni 2014-yilning yanvaridan buyon to‘xtatib qo‘yilgan, Eronga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalarni olib tashladi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar beradi.

Shveysariya Eronga nisbatan qo‘llangan sanksiyani olib tashladi

 

Shveysariya hukumati ushbu qarorni “oltilik” davlatlari va Eron o‘rtasida yadro dasturi yuzasidan kelishuvga erishilganligi munosabati bilan qabul qildi. Sanksiyalar qimmatbaho toshlar savdosi, Eron neftini transport vositasida tashish, sug‘urta operatsiyalari, iqtisodiy soha, shu jumladan, pul o‘tkazmalarini o‘z ichiga olgan edi.

Shu bilan bir paytda Shveysariya hukumati Eron o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, sanksiyalarni qaytadan qo‘llash huquqini qoldirdi.

 



Manba: daryo.uz









Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.