» » Sport kurashlari bo‘yicha JChda o‘zbekistonlik Islom Bahromov bronza medali sohibi bo‘ldi

Скачать Sport kurashlari bo‘yicha JChda o‘zbekistonlik Islom Bahromov bronza medali sohibi bo‘ldi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Sport kurashlari bo‘yicha JChda o‘zbekistonlik Islom Bahromov bronza medali sohibi bo‘ldi

Braziliyaning Salvador shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida davom etayotgan jahon chempionatida yana bir o‘zbekistonlik sportchi Islom Bahromov sovrindorlar safidan joy oldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

 

Sport kurashlari bo‘yicha JChda o‘zbekistonlik Islom Bahromov bronza medali sohibi bo‘ldi

 

Yunon-rum kurashi bo‘yicha og‘irlik vazni 55 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar musobaqasida gilamga chiqqan Islom Bahromov o‘ta murosasiz kechgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra bronza medali sohibi bo‘ldi.

Ushbu vazn toifasida Murod Mommadov (Ozarbayjon) birinchi, bolgariyalik Yuto Xristov esa ikkinchi o‘rinni egalladi. Yana bir bronza medalga esa vengriyalik Erik Torba sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatining birinchi kunida yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Javohir Mirahmedov bronza medali sovrindori bo‘lgan edi.

Ta’kidlash joizki, Javohir Mirahmedov va Islom Bahromovdan tashqari mazkur dunyo birinchiligida Hojiakbar O‘tkirov (-50 kg), Davlatbek Ismatov (-60 kg), Sirojiddin Hasanov (-66 kg) erkin kurash bo‘yicha musobaqalarda, Qamariddin Zayniddinov (-60 kg) hamda Aram Vardanyan (-66 kg) yunon-rum kurashi bahslarida gilamga tushadi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.