» » Tyanszindagi portlash qurbonlari soni 50 kishiga yetdi

Скачать Tyanszindagi portlash qurbonlari soni 50 kishiga yetdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Tyanszindagi portlash qurbonlari soni 50 kishiga yetdi

Xitoyning Tyanszin shahridagi logistika kompaniyasiga tegishli xavfli moddalar saqlanuvchi omborxonada 13-avgustga o‘tar kechasi yuz bergan kuchli portlash qurbonlari soni 50 kishiga yetdi, 701 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Tyanszindagi portlash qurbonlari soni 50 kishiga yetdi

 

 

Avvalroq 44 kishi halok bo‘lgani, 521 kishi esa kasalxonaga yotqizilgani, ulardan 52 nafarining ahvoli og‘irligi haqida xabar berilgan edi. Hozirgi vaqtga kelib og‘ir ahvoldagi jabrlanuvchilar soni 71 kishiga yetgan.

Mahalliy vaqt bilan 12-avgust, chorshanba kuni soat 23:30 da Binxay tumanidagi Ruihai Logistics kompaniyasiga tegishli, xavfli moddalar saqlanuvchi omborxonalarda 30 soniya farq bilan ikkita portlash yuz berdi.

Portlash shu qadar kuchli bo‘lganki, zarbdan yuzaga kelgan silkinishni mahalliy seysmologiya xizmati qayd etgan. Portlash quvvati trotil ekvivalentida mos ravishda 3 va 21 tonnaga teng bo‘lgan.

Yuzlab o‘t o‘chiruvchilar hali ham portlashdan keyingi olovga qarshi kurashmoqda. Tyanszin o‘t o‘chirish xizmatidan ma’lum qilishlaricha, omborxonada xavfli moddalar bor, shu sababli ham yong‘inning qanday rivojlanishini oldindan aytib bo‘lmaydi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.