» » O‘zbekistonlik to‘rt imom Rossiya masjidlarida ma’ruza qildi

Скачать O‘zbekistonlik to‘rt imom Rossiya masjidlarida ma’ruza qildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

O‘zbekistonlik to‘rt imom Rossiya masjidlarida ma’ruza qildi

Joriy yilning 30-iyul kuni Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahri bosh imom-xatibi Salim Shakirzyanovning taklifi bilan o‘zbekistonlik imom-xatiblardan to‘rt nafari Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketdi, deb xabar beradi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati.

O‘zbekistonlik to‘rt imom Rossiya masjidlarida ma’ruza qildi

 

Ular Rossiya musulmonlari idorasi mas’ullari bilan birgalikda, Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahridagi “Oq masjid”, “Mechet Novonikolayevskogo Magometanskogo obshchestva” va “Munira” masjidlarida juma namozini ado etdi.

Salohiddin Sharipov Novosibirsk shahridagi “Xilogskiy” bozorida joylashgan masjidda 1000 kishilik jamoatda, Odilxon Ismoilov Tomsk shahridagi “Oq masjid” jome’ masjidida 500 kishilik jamoatda, Jasurbek Raupov Kemerovo shahridagi Kemerovo viloyati musulmonlari diniy idorasining muftiysi, “Munira” jome’ masjidi imom-xatibi Bikchantayev Tagir tashkil etgan konferensiyada hamda Ibrohim Inomov Novosibirsk shahridagi “Mechet Novonikolayevskogo Magometanskogo obshchestva” nomli masjidda 350 kishilik jamoatda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan berilgan tezis asosida ma’ruza qildi.

Ma’rifiy suhbatlar davomida, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, islomshunos olim Aydarbek Tulepovning “IShID fitnasi” va “Internetga in qurgan o‘rgimchaklar” nomli kitoblarining mazmun-mohiyati yoritilib, mazkur kitoblardan masjidlarning kutubxonalariga sovg‘a qilindi.

Tomsk, Kemerovo va Novosibirskdagi masjidlarning imom-xatib va mas’ul xodimlari, o‘zbekistonlik imom-xatiblarga hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi nomiga minnatdorchilik bildirdi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.