» » Chexiyadagi kimyo zavodida ikki portlash yuz berdi

Chexiyadagi kimyo zavodida ikki portlash yuz berdi

Chexiyaning Germaniya bilan chegarasida joylashgan Litvinov shahridagi Unipetrol kimyo zavodi hududida 13-avgust, payshanba kuni ikki portlash yuz berdi, oqibatda yong‘in kelib chiqdi. “Segodnya.ua”ning yozishicha, yong‘inni o‘chirish uchun viloyatdagi barcha o‘t o‘chirish bo‘linmalari jalb qilingan, biroq hozircha sa’y-harakatlar samara bermayapti.

 

Chexiyadagi kimyo zavodida ikki portlash yuz berdi

 

Zavodda yangi chaqnashlar qayd etilmoqda, muassasaning barcha xodimlari to‘liq evakuatsiya qilingan, hududda eng yuqori xavf darajasi e’lon qilingan. Jabrlanuvchilarning aniq soni to‘g‘risida hozircha ma’lumotlar yo‘q, qayd etishlaricha, korxonaning bir xodimi hamda hodisa joyiga shoshilinch yordam uchun yo‘lga chiqqan shifokor bedarak yo‘qolgan. Bundan tashqari, besh kishi (ularning to‘rt nafari o‘t o‘chiruvchilar) kasalxonaga yotqizilgan.

Mahalliy ma’muriyat yaqin atrofdagi hudud aholisiga derazalarni yopishni va zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qilmoqda. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, portlashga texnik nosozlik sabab bo‘lgan.

 


Manba: daryo.uz

 









Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.