» » Shifokorlar hindistonlik bolaning gigant qo‘lini kichraytirdi

Скачать Shifokorlar hindistonlik bolaning gigant qo‘lini kichraytirdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Shifokorlar hindistonlik bolaning gigant qo‘lini kichraytirdi

Shifokorlar hindistonlik bolaning gigant qo‘lini kichraytirdi

 

 

Nashrning qayd etishicha, bola o‘z qo‘lidan foydalana oladi, chunki operatsiya davomida asab tolalariga zarar yetmagan. Operatsiyadan so‘ng tezroq tiklanishi uchun Kalim fizioterapiya kursini ham o‘taydi. Shifokorlar Kalimning ikkinchi qo‘lini ham operatsiya qilishni rejalashtirmoqda.

Davolanish jarayoni muvaffaqiyatli kechayotganiga qaramay, Kalimning ona qishlog‘ida uning sog‘ayib ketishiga ko‘pchilik ishonmayapti. “U iblisning bolasi”, — deydi oilaning qo‘shnilaridan biri. Uning fikricha, ota-onasining yomon qilmishlari sabab Kalim duoyibad qilingan. Qishloq oqsoqoli esa nisbatan yumshoq fikr bildirdi — u bolaning kelajagi borligiga ishonadi.

Shifokorlar hindistonlik bolaning gigant qo‘lini kichraytirdi 

 

“Qishloqdagilar g‘iybatni yaxshi ko‘radi, mana, muhokama qilishyapti. Lekin u bizning farzandimiz va biz u haqda qayg‘urishimiz kerak”, — dedi bolaning otasi Muhammad Shamim. Otaning umid qilishicha, Kalim normal hayot tarziga qaytishi va maktabga qabul qilinishi mumkin. Qayd etish joiz, avvalroq Kalim boshqa o‘quvchilarini qo‘rqitib yuboradi, degan sabab bilan uni maktabga o‘qishga qabul qilishmagandi.

Mahalliy maktab direktori operatsiyadan so‘ng bolani o‘qishga qabul qilishga tayyorligini va o‘qituvchilar Kalimga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishlari uchun ularga tegishli ko‘rsatma berishini ma’lum qildi.

 


Manba: daryo.uz

 

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.