» » Mikrofirma va kichik korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida soliq imtiyozlari joriy qilinmoqda

Скачать Mikrofirma va kichik korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida soliq imtiyozlari joriy qilinmoqda в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Mikrofirma va kichik korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida soliq imtiyozlari joriy qilinmoqda

Bugungi kunda O‘zbekistonda mikrofirma va kichik korxonalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etishni rag‘batlantirish maqsadida ko‘plab soliq imtiyozlari berilgan, deb xabar qiladi Soliq qo‘mitasi.

 

Mikrofirma va kichik korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida soliq imtiyozlari joriy qilinmoqda

 

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 159-moddasiga muvofiq, yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi yosh oilalar a’zolari tomonidan uy-joy olish uchun olingan mablag‘lar summasiga kamaytiriladi.

Shuningdek, Soliq kodeksining 356-moddasi bilan yagona soliq to‘lovining soliq solinadigan bazasi yosh oilalar jumlasidan bo‘lgan xodimlarga ipoteka kreditlari bo‘yicha badallar to‘lashga va (yoki) mulk qilib uy-joy olishga tekin yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga, lekin soliq solinadigan bazaning ko‘pi bilan 10 foiziga kamaytirilishi nazarda tutilgan.

Soliq kodeksining 375-moddasida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni tamomlagandan keyin o‘n ikki oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan e’tiboran qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan olti oy muddatga ozod etilishi belgilangan. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tilgan paytdan boshlab o‘n ikki oy ichida faoliyat tugatilgan taqdirda, qat’iy belgilangan soliq faoliyat amalga oshirilgan butun davr uchun to‘lanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-iyuldagi “Ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-4232-sonli Farmoni bilan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan respublikaning kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzilganda, band xodimlarning o‘rtacha yillik soni qonun hujjatlarida belgilangan cheklangan normativdan ko‘pi bilan 50 foiz oshirilganda, ularda imtiyozlar saqlanib qolishi belgilab qo‘yilgan. Bunda xodimlar sonining oshirilishiga O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining o‘qishni yakunlagan kunidan boshlab 3 yildan ortiq vaqt o‘tmagan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan bir qator imkoniyatlar yaratilmoqda. Jumladan, joriy yilning 1-iyulidan yakka tartibdagi tadbirkorlarga, faoliyatidan kelib chiqqan holda, har bir yollangan ishchi uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida sug‘urta badali va yakka tartibdagi ish beruvchi tadbirkor uchun belgilangan soliq stavkasining 30 foizi miqdorida soliq to‘lash sharti bilan bir nafardan uch nafargacha ishchini yollash huquqi berildi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.