» » Yunusobod tumanidagi garajlarning biridan ilon chiqdi

Скачать Yunusobod tumanidagi garajlarning biridan ilon chiqdi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Yunusobod tumanidagi garajlarning biridan ilon chiqdi

Toshkent shahri Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘z garajidan ilon topdi. Bu haqda u Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhida xabar qoldirgan.

Yunusobod tumanidagi garajlarning biridan ilon chiqdi

 

Xabar muallifining qayd etishicha, ilon qochaverib, oxiri charchab, g‘ujanak bo‘lib olgan. Xabarga ilova qilingan suratda ilonni aynan shu holatda ko‘rish mumkin.

Facebook’ga joylashtirilgan ilon haqidagi bu post qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan, aksariyat foydalanuvchilar “ilonli garaj” qaysi tumanda joylashganiga qiziqqan.

Bir guruh foydalanuvchilar esa bu rangdor chipor ilon ekani, inson uchun xavfli sanalmasligini aytib, uni o‘ldirish nojoizligini qayd etgan. Xususan, bir foydalanuvchi ilonni tutib, Chirchiq daryosi atrofiga qo‘yib yuborish kerakligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi xonadonlarning biridan ilon chiqqani haqida xabar berilgan edi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.