» » Turkiyalik kelin-kuyov to‘y qilish o‘rniga 4 ming qochoqning qornini to‘ydirdi (foto)

Turkiyalik kelin-kuyov to‘y qilish o‘rniga 4 ming qochoqning qornini to‘ydirdi (foto)

 

Turkiyalik yosh kelin-kuyov ularning to‘yi nafaqat o‘zlari va qarindoshlari uchun, balki boshqalar uchun ham xursandchilik kuni bo‘lishi kerak, degan qarorga keldi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.


24 yoshli Fatxulla va 20 yoshli Ezra ularga to‘y uchun sovg‘a qilingan pullarni suriyalik qochoqlarning qornini to‘ydirish uchun sarfladi.


Ular xayriya tashkiloti xodimlari bilan birgalikda, kelin va kuyovlik libosida turgan holda, bir kunda to‘rt ming kishiga taom ulashdi.

To‘y Turkiyaning Suriya bilan chegarasida joylashgan Kilis shahrida bo‘lib o‘tdi.


BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Suriyadagi qurolli nizo boshlanganidan beri bir milliondan ortiq suriyalik Turkiyadan boshpana topgan.

 



Manba: daryo.uz









Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.