» » Obama yozda o‘qiydigan kitoblari ro‘yxatini e’lon qildi

Скачать Obama yozda o‘qiydigan kitoblari ro‘yxatini e’lon qildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Obama yozda o‘qiydigan kitoblari ro‘yxatini e’lon qildi

AQSh prezidenti Barak Obama o‘z ta’tilining bir qismini mutolaaga bag‘ishlash niyatida. Politico nashrixabariga ko‘ra, uning ta’til uchun mo‘ljallangan adabiyotlar ro‘yxatidan olti kitob o‘rin olgan.

 

Obama yozda o‘qiydigan kitoblari ro‘yxatini e’lon qildi

 

AQSh prezidenti hordiq davomida o‘qish uchun Jeyms Solterning “Hammasi boricha”, Entoni Dorrning “Bizga ko‘rinmas olam”, Elizabet Kolbertning “Oltinchi qirilish”, Jhumpa Lahirining “Pasttekislik”, amerikalik qora tanli jurnalist Ta-Nexisi Koutsning “Men va olam orasida” hamda Ron Chernouning “Vashington: Hayot” kitoblarini tanlab olgan.

Nashr AQSh davlat rahbarining qayd etilgan kitoblarning barchasini 16 kunda o‘qib chiqmoqchi ekanligini “ulkan reja” deb atadi, chunki bu holatda har bir kitobni o‘qib chiqish uchun Obamada 2,5 kundan vaqt bo‘ladi.

Barak Obama, ta’tilni maroqli o‘tkazish uchun, 7-avgust kuni oilasi bilan birga Massachusets shtatidagi Martas-Vin’yard kurortiga yo‘l olgandi. Obama bu yerda prezident sifatida oltinchi marta dam olmoqda.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.