» » “Namangan yoshlar markazi” uchinchi marotaba Davlat granti g‘olibi bo‘ldi

Скачать “Namangan yoshlar markazi” uchinchi marotaba Davlat granti g‘olibi bo‘ldi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

“Namangan yoshlar markazi” uchinchi marotaba Davlat granti g‘olibi bo‘ldi

Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan “Keksalar o‘giti—yoshlar tarbiyasining mustahkam asosidir” nomli tanlovda ishtirok etgan “Namangan yoshlar markazi” g‘olibi bo‘ldi hamda 14 million Davlat granti bilan moliyalashtirildi.

“Namangan yoshlar markazi” uchinchi marotaba Davlat granti g‘olibi bo‘ldi

 

Loyiha quyidagi maqsadlarni ko‘zlagan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-sonli “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi hamda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” qarorlari ijrosini ta’minlash.

Shu bilan birgalikda, loyiha doirasida o‘zining halol mehnati bilan hurmat, e’tibor qozongan keksalar istiqomat qilayotgan mahallalarda ularning hayot yo‘llarida kechirganlarini yoshlarga ibrat va namuna qilib ko‘rsatish maqsadida interfaol seminar-treninglar, davra suhbatlari, uchrashuv hamda muloqotlar, uyushmagan yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, keksalarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular orasidagi iqtidorli yoshlarni izlab topish orqali yoshlarni kelajakda jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashish maqsadida joylarda ko‘ngilochar madaniy dasturlar, yolg‘iz keksalar holidan xabar olish hamda uy yumushlariga ko‘maklashish maqsadida yoshlardan iborat targ‘ibot guruhlari shakllantirish, ibratli keksalar ishtirokida tok shou tasvirga olish rejalashtirilgan.

Loyiha davomida amalga oshiriladigan barcha tadbirlarda foydalanish uchun mavzuga oid videoroliklar, slaydlar, tarqatma materiallari, bukletlar hamda o‘quv qo‘llanmalari tayyorlanadi.

Ayni kunlarda yangi loyiha ustida Markazning bir guruh xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan ish boshlab yuborilgan bo‘lib, ushbu navbatdagi loyihani ham avvalgilari kabi namunali bajarish ko‘zlangan.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.