» » Ramzan Qodirov Checheniston yo‘llaridagi qoidabuzarliklar haqida axborot berishga chaqirdi

Ramzan Qodirov Checheniston yo‘llaridagi qoidabuzarliklar haqida axborot berishga chaqirdi

 

Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov internet-foydalanuvchilarni respublika yo‘llarida ro‘y berayotgan qoidabuzarliklar haqida axborot berishga chaqirdi. Bu haqda u Facebook’dagi sahifasidaxabar qoldirgan.

Ramzan Qodirov Checheniston yo‘llaridagi qoidabuzarliklar haqida axborot berishga chaqirdi

 

“Qani, ketdikmi?! Obuna bo‘lamiz va axborot bilan ta’minlaymiz!”, — deb Ramzan Qodirov Checheniston yo‘llaridagi qoidabuzarliklarni yoritib borish uchun Instagram’da maxsus tashkil etilgan akkaunt xabarini repost qilgan.

Maxsus akkaunt qoidabuzarlikka guvoh bo‘lgan foydalanuvchilarni mazkur holatni suratga yoki videoga olishga, so‘ng “VKontakte” yoki Instagram’dagi maxsus sahifaga joylashtirishga yoki tegishli WhatsApp raqamiga yuborishga va shu yo‘l bilan qoidabuzarni “reklama qilishga” chorlagan.

“Qoidabuzarlik yuz bergan joy (qishloq, shahar, ko‘cha) nomi va sanani yozishni yoddan chiqarmang. Yo‘llarimizni birgalikda xavfsiz qilaylik! Birgalikda biz kuchmiz!”, — deyiladi maxsus akkaunt xabarida.

 



Manba: daryo.uz









Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.