» » Faxriy oshpazlar o‘rtasida milliy taomlar tayyorlash bo‘yicha tanlov o‘tkazildi

Скачать Faxriy oshpazlar o‘rtasida milliy taomlar tayyorlash bo‘yicha tanlov o‘tkazildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Faxriy oshpazlar o‘rtasida milliy taomlar tayyorlash bo‘yicha tanlov o‘tkazildi

 

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligi hamda Keksalarni e’zozlash yiliga bag‘ishlab milliy taomlar tayyorlash bo‘yicha tanlov o‘tkazildi. Unda tumandagi mahallalarning yoshi ulug‘ oshpazlari pazandalik mahoratini namoyish etdi, deb xabar qiladi O‘zA.

Faxriy oshpazlar o‘rtasida milliy taomlar tayyorlash bo‘yicha tanlov o‘tkazildi

 

– Shu kunlarda barcha mahallalarda “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi mutaxassisi Gulmira Shorustamova. – “Keksalari e’zozlangan yurt”, “Pazanda buvijon va bilimli buvajonlar”, “Oilalarda buvijonlar o‘giti” kabi loyihalar, ayniqsa, ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otmoqda. Bunday tadbirlar yurtdoshlarimizni yoshi ulug‘ insonlarga ehtirom ko‘rsatish, bugungi tinch-osuda, farovon hayotimizga shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga undamoqda.

Tadbirda faxriylar mustaqillik, tinchlik xalqning eng katta boyligi ekani, uning qadriga yetish zarurligi haqida o‘z hayot tajribalari misolida so‘zlab berdi. Uzoq yillar yosh avlodga ta’lim-tarbiya berib, ayni kunda ham mahalla ishlarida faol qatnashayotgan nuroniylar rag‘batlantirildi.

Tanlovda pazanda nuroniylar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.