» » Qarshi tumanida yashovchi shaxs chet elga ishlashga borgan tumandoshlarining 17 mln so‘m pulini o‘zlashtirib oldi

Скачать Qarshi tumanida yashovchi shaxs chet elga ishlashga borgan tumandoshlarining 17 mln so‘m pulini o‘zlashtirib oldi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Qarshi tumanida yashovchi shaxs chet elga ishlashga borgan tumandoshlarining 17 mln so‘m pulini o‘zlashtirib oldi

Qarshi tumani Mirmiron qishlog‘ida yashovchi shaxs ancha yillardan buyon Rossiya Federatsiyasida ishlab, o‘sha yerda o‘ziga tanish-bilishlar orttirgandi. Ish beruvchilar unga ishonib, ishchilarni nazorat qilib yurish va ishchi yollashga ruxsat bergandi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Qarshi tumanida yashovchi shaxs chet elga ishlashga borgan tumandoshlarining 17 mln so‘m pulini o‘zlashtirib oldi

 

 

U Rossiya poytaxti Moskvaga ishlashga borgan Qarshi tumanida yashovchi ikki yigitni Ximki tumanidagi qurilishda ishlashga unday boshladi. Kuniga 1000 Rossiya rubli ish haqi va uch mahal issiq ovqat bilan ta’minlash to‘g‘risidagi taklif yigitlarni unga ergashishga majbur etdi. U ro‘yxatga qo‘yish bahonasi bilan yigitlarning fuqarolik pasportlarini olib, ishni taqsimlab berdi.

Nashr qayd etishicha, shart-sharoitlar va’da qilinganidek bo‘lmasa-da, ular yaxshi maosh umidida ishni davom ettiravergan. Ammo ikki oydan so‘ng ham maosh olmagan. Bu orada uning aldovlariga ishonib Qarshi tumanida yashovchi yana besh kishi qurilishga kelib ish boshladi. Ularga ham kuniga 1000 rubldan ish haqi va’da qilib, fuqarolik pasportlarini olib qo‘ydi.

Yigitlar boshqa ishga ketishini aytib, ish haqi va pasportini so‘raganda, bundan bosh tortgan. Chunki uning maqsadi yigitlarning ish haqlarini o‘zlashtirib, oson daromad topish edi. U ana shu maqsadda tumandoshlarining 16 970 000 so‘m pulini o‘zlashtirib yubordi.

“Huquq” gazetasi yozishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudi tomonidan Mirmiron qishlog‘ida tug‘ilgan shaxsga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Biroq uning jazo muddati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining amnistiya to‘g‘risidagi qarori bilan uchdan bir qismga qisqartirildi. Sud shuningdek, jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zararlarni undirish to‘g‘risida ham hukm chiqardi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.