» » Uyida 150 ta timsoh saqlagan kanadalik zooparkdan yordam so‘radi

Скачать Uyida 150 ta timsoh saqlagan kanadalik zooparkdan yordam so‘radi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Uyida 150 ta timsoh saqlagan kanadalik zooparkdan yordam so‘radi

Kanadaning Toronto shahrida tabiat himoyachilari misli ko‘rilmagan amaliyotga qo‘l urdi: shaharlik fuqaro uyida saqlab kelgan 150 ta timsoh mahalliy zooparkka ko‘chirildi. Bu haqda “Nat-geo.ru” xabar bermoqda.

Uyida 150 ta timsoh saqlagan kanadalik zooparkdan yordam so‘radi

 

Kanadaning yirik shaharlaridan biri —Torontoda yashovchi shaxs ko‘p yillar davomida uncha katta bo‘lmagan uyida kayman, alligator va boshqa turdagi jami 150 ta timsoh saqlagan. Ularning yoshi har xil, ba’zilarining uzunligi 3,5 metrgacha boradi.
Sudralib yuruvchilar qachon va qanday qilib torontolikning qo‘liga tushib qolgani hozircha noma’lum.

Shahardan 150 kilometr uzoqlikda joylashgan Indian River Reptile Zoo vakillari timsohlar haqida qayg‘urishni ularning egasi bu haqda yordam so‘ragach, o‘z zimmasiga oldi. Mutaxassislarning hozircha shikoyatlari yo‘q: timsohlar quyosh nurini ko‘rmagan va harakat yetishmagan bo‘lsa-da, salomatligi xavotirga o‘rin qoldirmadi. Ularni zooparkka ko‘chirish uchun 20 kishi, 4 ta yuk mashinasi va 8 soat vaqt kerak bo‘ldi.

Eng qizig‘i, o‘tgan yillar davomida timsohlar ishqibozi ustidan hech qanday arz kelib tushmagan: yaqin atrofda yashovchilar antiqa “qo‘shnilar”i borligini hatto payqamagan.

 

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.