» » BMTTD Samarqand va Sirdaryodagi agrofirmalarda meva yetishtirish bo‘yicha xalqaro standartlarni qo‘llashda ko‘maklashmoqda

Скачать BMTTD Samarqand va Sirdaryodagi agrofirmalarda meva yetishtirish bo‘yicha xalqaro standartlarni qo‘llashda ko‘maklashmoqda в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

BMTTD Samarqand va Sirdaryodagi agrofirmalarda meva yetishtirish bo‘yicha xalqaro standartlarni qo‘llashda ko‘maklashmoqda

 

Mahalliy meva va sabzavotlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish yo‘lida olib borilayotgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, BMT Taraqqiyot dasturining “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi tomonidan, GlobalG.A.P. standarti bo‘yicha xalqaro ekspert Edite Strazdinyani (Latviya) jalb qilgan holda, Samarqand va Sirdaryo tumanlarida joylashgan meva va poliz mahsulotlarini yetishtiradigan uchta agrofirmada ushbu standartni tatbiq etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi “Daryo”ga xabar berdi.

Foto: BMTTD

Shu jumladan, joriy yilning 3−8-avgust kunlari davomida xalqaro ekspert tomonidan mazkur agrofirmalarni GlobalG.A.P. standartining talablariga javob berishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirilgan, xususan, oziq-ovqat xavfsizligi, sanitar va gigiyena mezonlari, suv resurslaridan foydalanish, mahsulotlarni saqlash va logistikasi shular qatorida. Amalga oshirilgan ishlar natijasida agrofirmalarni GlobalG.A.P. standartiga mos bo‘lishi maqsadida ekspert tomonidan tegishli tavsiyalar va chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan.

“Bizning maqsadimiz – o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarga xalqaro sifat standartlarini tatbiq etish va halqaro bozorlarga chiqishda ko‘mak berish”, − deydi Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar vazirligi hamkorligida amalga oshirilib kelayotgan BMTTDning “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi menejeri Dilshod Akbarov.

Foto: BMTTD

“GlobalG.A.P. standartini tatbiq etish – bu birinchi navbatda, fermerlarning o‘zlariga foydalidir va shu bilan birga ushbu standart ularga meva va sabzavot dunyo bozorlarida yanada kengroq faoliyat ko‘rsatish garovidir”, − deydi ekspert Edite Strazdinya.

“Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi “Markaziy Osiyoda savdo rivojlanishiga ko‘maklashish – III bosqich” mintaqaviy loyihasining O‘zbekistondagi milliy komponentidir. Ushbu loyiha davlat organlarining xalqaro va mintaqaviy savdoni rivojlantirish bo‘yicha salohiyatini yanada oshirish, savdoga ko‘maklashuvchi tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash, aholining savdo va ishlab chiqarish bo‘yicha salohiyatini va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha ilg‘or usullarni amaliyotga tatbiq qilish orqali aholi daromadlarini oshirish va yangi ish joylarini yaratishda yordam berishga qaratilgan.

GlobalG.A.P. – bu GHP, GMP va HACCP talablari asosida yaratilgan va tan olingan xalqaro standart tizimi bo‘lib, yetishtirilgan mahsulotning xavfsiligi hamda mavjud sifat va texnik talablariga muvofiqligini ta’minlashda qo‘llaniladi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.