» » AQSh davlat kotibi Kubaga amalga oshirgan tarixiy tashrifini yakunladi

Скачать AQSh davlat kotibi Kubaga amalga oshirgan tarixiy tashrifini yakunladi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

AQSh davlat kotibi Kubaga amalga oshirgan tarixiy tashrifini yakunladi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Kubaga tarixiy tashrifini yakunlab, Gavanadan Vashingtonga uchib ketdi. “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, Kerri so‘nggi 70 yildan beri Kubaga tashrif buyurgan AQShning ilk davlat kotibi bo‘ldi.

AQSh davlat kotibi Kubaga amalga oshirgan tarixiy tashrifini yakunladi

 

Jon Kerri Gavanadagi Amerika elchixonasi binosi uzra AQSh bayrog‘ini ko‘tarish marosimida qatnashdi. Shuningdek, Kerri AQSh kongressini Kubaga qarshi iqtisodiy embargoni bekor qilishga chaqirdi.

Bundan tashqari, Kerri Kubaning Guantanamosidagi AQSh harbiy bazasi maqomi o‘zgarishi mumkinligini istisno qilmadi, biroq “hozircha Guantanamoning maqomi muhokama qilinmayotgani”ni ma’lum qildi.

AQSh prezidenti Barak Obama va Kuba yetakchisi Raul Kastro 2014-yil dekabrida bundan 50 yil avval uzilib qolgan diplomatik munosabatlarni qayta tiklanishi, shuningdek, savdo, investitsiyalar va safarlar bilan bog‘liq ba’zi cheklovlarning bekor qilinishi haqida e’lon qilgandi.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.