» » Hindiston va Pokiston chegarasidagi otishmada 4 kishi halok bo‘ldi

Hindiston va Pokiston chegarasidagi otishmada 4 kishi halok bo‘ldi

Hindiston va Pokiston harbiylari o‘rtasidagi otishmada kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 23 kishi yaralangan. Otishma Hindistonning Jammu va Kashmir shtatidagi Punch okrugi hamda Pokiston Balakotidagi chegara blokpostlarida ro‘y bergan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qildi.

 

Hindiston va Pokiston chegarasidagi otishmada 4 kishi halok bo‘ldi

 

Hodisa oqibatida uch nafar hindistonlik halok bo‘ldi, kamida 20 kishi yaralangan. Pokiston tomonidan bir nafar odam o‘lgani va uch kishi jarohatlangani aytilmoqda.

Kimning aybi bilan otishma boshlanib ketgani hozircha noma’lum, tomonlar javobgarlikni bir-biriga yuklamoqda.

 


Manba: daryo.uz









Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.