» » Gvatemalada gonduraslik ko‘zi ojiz sportchilar tunab ketildi

Скачать Gvatemalada gonduraslik ko‘zi ojiz sportchilar tunab ketildi в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте uzhits.net без регистрации mp3

Gvatemalada gonduraslik ko‘zi ojiz sportchilar tunab ketildi

Gondurasning ko‘zi ojiz sportchilari delegatsiyasi Gvatemalada qurolli qaroqchilik nishoniga aylandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Gvatemalada gonduraslik ko‘zi ojiz sportchilar tunab ketildi

 

Ma’lum bo‘lishicha, Gvatemala poytaxtidagi shoh ko‘chalarning birida ichida 13 nafar gonduraslik sportchi va ularni kuzatib ketayotgan ikki kishi bo‘lgan avtobusga hujum uyushtirilgan.

Politsiyachilar libosini kiyib olgan jinoyatchilar avtobusni to‘xtatib, Gonduras delegatsiyasi a’zolarining pullari, sport kiyimlari va qimmatbaho buyumlarini tortib olgan. Hodisa natijasida avtobusda bo‘lgan bir qiz tan jarohati olgan.

Gvatemala huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari jinoyatchilarni izlashga kirishgan. Qayd etishlaricha, gonduraslik sportchilar Gvatemalada 14-avgust kuni start olgan ko‘zi ojizlarning 30-sport o‘yinlarida ishtirok etish uchun kelgandi.

Xalqaro tashkilotlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Gvatemala jahonning eng xavfli mamlakatlaridan biri hisoblanadi. BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, 16 million kishi istiqomat qiladigan mazkur mamlakatda 2014-yili 6 ming kishi o‘ldirib ketilgan.

 


Manba: daryo.uz

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.